Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda o‘tgan yil adliya xodimlari 80 mingdan ortiq muammoni bartaraf etdi
15:51 / 2026-01-25

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda qayd etildiki, yakunlangan yil davomida viloyat adliya boshqarmasi va adliya bo‘limlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish borasida keng qamrovli ishlarni amalga oshirdi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati o‘rganilib, monitoringlar o‘tkazildi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish, davlat xizmatlari taqdim etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi. Bundan tashqari, fuqarolik holati dalolatnomasini yozish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishida ham muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.

O‘tgan yil viloyat adliya boshqarmasi va adliya bo‘limlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 6 ming 96 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 5 ming 378 tasi hal etilib, 48 foizi yoki 2 ming 593 tasi qanoatlantirilgan. 2 ming 785 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 720 tasi ko‘rib chiqish uchun vakolatli organlarga yuborilgan. 126 ta murojaat joriy yilga qoldiq bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 232 ta qaror loyihalaridan 146 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati o‘rganilib, monitoringlar o‘tkazildi. Natijada 32 ta taqdimnoma kiritilib, davlat hokimiyati organlarining 19 ta normativ tusdagi qarori bekor qilindi. Qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish masalasida 182 ta taklif ishlab chiqilgan. 

Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari o‘tgan yil 816 ta o‘rganish va 1 ming 169 ta monitoring o‘tkazib, 1 ming 589 ta tashkilotni qamrab olgan va 85 ming 262 ta qonun buzilishi holati aniqlangan. Ularni bartaraf etish yuzasidan 1 ming 421 ta taqdimnoma, 463 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif, 2 ming 806 ta ogohlantirish kiritilib, 327 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan. Ularning 9 nafari egallab turgan vazifasidan ozod etilib, 460 nafariga ma’muriy javobgarlik jazosi qo‘llanilgan. 3 ming 733 ta yuridik tusga ega hujjat bekor qilinib, qonunga muvofiqlashtirilgan. 25 milliard 206 million so‘mdan ortiq pul mablag‘i qonuniy egalariga qaytarilgan. Sudlarga 9 milliard 429 million so‘mlik 744 ta da’vo arizasi kiritilib, 11 milliard 743 million so‘mdan ortiq 731 ta da’vo arizasi qanoatlantirilgan.

Viloyatda jami 541 ming 442 ta xonadon mavjud. O‘tgan yil adliya organlari tomonidan vohadagi 411 ming 673 ta xonadonda yashovchi aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi. Uyma-uy yurish, sayyor qabullar va “Adliya kuni” tadbirlari davomida jami 138 ming 456 ta huquqiy muammo aniqlandi. Jumladan, 36 ming 352 tasi adliya.mahalla.uz platformasi, 89 ming 881 tasi “Huquqiy mahalla”, 12 ming 223 tasi “Onlayn mahalla” platformasi orqali kelib tushdi. “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi ijrosi doirasida 180 ta mahallada ishlar tashkil etilib, 57 mingdan ortiq xonadon qamrab olindi. Natijada 89 ming 881 ta huquqiy va boshqa turdagi masala aniqlanib, ularning 80 ming 730 tasi ijobiy hal etildi. Muammolarni bartaraf etish maqsadida adliya organlari tomonidan 402 ta ta’sir chorasi qo‘llanildi, 64 ming 300 nafar fuqaroga bepul birlamchi yuridik yordam, 15 ming 657 ta sayyor xizmat ko‘rsatildi.

Matbuot anjumani ishtirokchilari “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi, davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat o‘tkazish, fuqarolik holati dalolatnomasini yozish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish hamda notariat va advokatura sohalarida amalga oshirilgan ishlar haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘ldi. Shuningdek, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA