English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda olti oyda qancha tuxum yetishtirildi?
12:40 / 2025-08-25

Joriy yilning dastlabki yarmida Surxondaryo viloyatida 296 million yuz ming dona tuxum yetishtirildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,9 foizga ko‘p. Vohada olingan servitamin oziq-ovqat mahsulotining 48,7 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda eng ko‘p tuxum Denov tumanida yetishtirilib, savdo rastalariga qariyb 49 ming dona tuxum chiqarildi. Termiz tumanida 48 mingdan ortiq, jarqo‘rg‘onliklar 45 ming donaga yaqin tuxum yetishtirdi. Eng past ko‘rsatkich Termiz shahrida 4 ming 100 donani, Bandixonda 3 ming 929, Oltinsoy tumanida 3 ming 920 donani tashkil etdi.

Mutaxassislar tuxumning inson organizmi uchun foydali ne’mat ekanini ta’kidlaydi. Olimlar undagi qon tomirlarini kengaytiruvchi arginin moddasi me’yorida iste’mol qilinganida qon tomirlari faoliyatini yaxshilashini, foliy kislotasi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishini, xolin moddasi miyaga atsetilxolin sintezida yordam berishini ham aniqlagan.  

Ayni paytda viloyatda bir dona tuxum o‘rtacha 1 ming 200, 1 ming 500 so‘mdan xarid qilinmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri