Surxondaryoda narxni asossiz oshirgan AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi AYOQSHlarda AI-80 benzin 8 ming so‘mdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi huzuridagi "Neftgazinspeksiya" bayonot berdi.
Qayd etilishicha, holat o‘rganilganda Termiz shahridagi “DON” xususiy firmasiga tegishli AYOQSH haqiqatan ham narxni asossiz oshirgani tasdiqlangan.
"Benzin narxini sun’iy ravishda oshirganligi sababli ushbu AYOQSHga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma berildi", — deyiladi inspeksiya bayonotida.
O‘zA