FOTOREPORTAJ
Davlat kadastr palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan manzillar yagona reestrini shakllantirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, manzillar yagona reestrini shakllantirish yuzasidan barcha turdagi yozuvlarni elektron ma’lumotlar bazasiga to‘g‘ri kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, ushbu qaror ijrosi bo‘yicha viloyatda mavjud 724 ta mahallada xatlov ishlari amalga oshirildi. 1003 ta ko‘cha toifalar (shoh ko‘cha, ko‘cha, tor va berk ko‘cha)ga ajratilib, ArsGis dasturida elektron baza shakllantirildi.
Hozirda viloyatda mavjud geografik obyektlar (tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul, aholi punkti, mahalla, ko‘cha, daha, mavze, maydon, istirohat bog‘i, xiyobon, ziyoratgoh va qabriston) 17 ming 584 tadan iborat. 2023-yilda Kadastr agentligiga davlat ekspertizasidan o‘tkazish hamda davlat reestriga kiritish uchun yuborilgan geografik obyektlar nomlari bo‘yicha viloyatda jami 5723 ta, shundan nomlash bo‘yicha 5180 ta, qayta nomlash bo‘yicha 543 ta hamda davlat ekspertizasiga kiritish uchun yuborilgan geografik obyektlar nomlari soni 2604 tani tashkil etmoqda.
[gallery-16288]
Bundan tashqari, viloyatda 15 ming 548 ko‘chani nomlash belgilangan bo‘lib, shundan nomi qaror bilan tasdiqlangan va davlat reestriga kiritilgan ko‘chalar soni 13 ming 897 ta, Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan tasdiqlash jarayonida bo‘lgan ko‘chalar soni 10 ta, hududiy komissiya tomonidan nom berish va ekspertizadan o‘tkazish jarayonida bo‘lgan ko‘chalar 578 tadan iborat.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA