Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda “Ma’naviyat sektori” ish boshlamoqda
14:01 / 2023-11-24

Prezident tashrifidan so‘ng...

Surxondaryo viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Kengash a’zolari, mahalliy davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, nuroniylar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda viloyatda “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Prezidentimizning joriy yil 16-17 noyabr kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida vohada “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish vazifasi belgilab berilgan edi. Shunga muvofiq kengaytirilgan yig‘ilishda sektor faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uning asosiy vazifalari xususida fikr almashildi.  

Surxondaryo viloyati hokimi – viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Ulug‘bek Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov shu haqda atroflicha ma’lumot berdi.

Viloyatda yangi tashkil etilayotgan “Ma’naviyat sektori” ayni paytda faoliyat yuritayotgan to‘rtta sektorga qo‘shimcha alohida ijro hokimiyatining kollegial organi, viloyat, tuman va shahar Kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida tashkil etilib, barcha hududlarda ish yuritadi.  

Kengaytirilgan yig‘ilishda beshinchi sektor ishini keng yo‘lga qo‘yishda amalga oshiriladigan muhim vazifalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri