FOTOREPORTAJ
Surxondaryoda yurtimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarasi va ta’sirchanligini oshirish, aholi, avvalo, yoshlar qalbida vatanparvarlik, amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirishda o‘zining fidoyiligi, tashabbuskorligi bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari hamda ma’naviyat fidoyilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Aytish kerak, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati Prezidentimizning 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida tuzilgan edi.
[gallery-8613]
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining asosiy maqsadi –mamlakatimizning barcha aholi qatlami orasida milliy ma’naviyatimizning mazmun-mohiyatini ta’sirchan usullar orqali xolis, samimiy holda targ‘ibot-tashviqot qilish hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, farmon va qarorlar, farmoyishlar, davlat dasturlari mazmun-mohiyatini aholiga sodda, qalbga yaqin usul va uslublarda tushuntirishdan iborat. Jamiyatning respublika miqyosida jami 760 dan ziyod a’zosi mavjud. Viloyatdagi a’zolar soni 20 nafar bo‘lib, ulardan fan doktorlari, fan nomzodlari, dotsentlar 9 nafar, diniy idora vakillari 1 nafar, shoir-yozuvchilar 2 nafar, o‘qituvchilar 8 nafarni tashkil etadi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi xodimlari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari, korxona va tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlari, tuman, shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmalari xodimlari ishtirok etdi.
Viloyatning ma’naviy-ma’rifiy sohasini yuksaltirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan bir guruh soha vakillari viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA