Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda ma’naviyat festivali o‘tkazildi
20:41 / 2023-08-28

FOTOREPORTAJ

Surxondaryoda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ma’naviyat festivali barchaga bayram shukuhini ulashdi.

Festival doirasida poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli olimlar, adabiyot va san’at namoyandalaridan iborat targ‘ibotchilar ishtirokida mahallalar, jamoat tashkilotlari, korxona va idoralarda muloqotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlar davomida mustaqillik yillarida Vatanimiz, xalqimiz hayotida, barchamizning ongu shuur va tafakkurimizda ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlar, istiqlolning buyuk mohiyati va ahamiyati, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li haqida keng tushuntirishlar olib borilmoqda.  

[gallery-13299]

Birgina viloyatning Boysun tumanida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hudud qiyofasini butunlay o‘zgartirib yubordi. Hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotir. Tumanning markaziy Madaniyat binosida ma’naviyatchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda shular xususida so‘z bordi.  

Uchrashuvda filologiya fanlari doktori, professor, mahoratli notiq Rahimboy Jumaniyozov, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi davlat muassasasi xonandasi Nafisa Farmonova, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati bo‘lim boshlig‘i Nayim Niyozov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, bugungi kunda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosi olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Festival doirasida viloyatning barcha hududlarida nuroniylar, mehnat faxriylari va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvlari”, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Mening ilk kitob javonim”, yoshlar o‘rtasida milliy musiqa san’atimizning ko‘p asrlik ijro yo‘llari, qadimiy tarixini keng targ‘ib qilish maqsadida “Milliy qo‘shiqlar va maqom”, “Vatan madhi”, “Baxshilar tarannumida” konsert-dasturlari, “Milliy qadriyatlar” kabi loyihalar tashkil etildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA