Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda “Jasorat maktablari”ga o‘qishga kirish uchun qariyb 1 yarim ming o‘quvchi ariza topshirdi (+video)
17:00 / 2025-07-11

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2024 yil 15 noyabrdagi qaroriga asosan har bitta tuman (shahar)da “Jasorat maktablari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 10 iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Jasorat maktablari” uchun birinchi bosqich qabul imtihonlari tashkil etildi. Bunda talabgorlar ona tili hamda matematika fanlaridan test sinovlarini topshirdi. Ikkinchi bosqichda ular jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha kuch va salohiyatini sinovdan o‘tkazadi.

[gallery-24273]

Surxondaryo viloyatida birinchi bosqich qabul imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi hududiy bo‘limi binosida bo‘lib o‘tdi. 

Ma’lumot uchun. Viloyatda “Jasorat maktablari”ga o‘qishga kirish uchun umumta’lim maktablarining 4-sinfini tugatgan 1 ming 500 ga yaqin o‘quvchi ariza topshirgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/e2tM_Vi569s" title="Jasorat maktabi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA