Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda istiqlol sharaflanmoqda
08:57 / 2025-08-06

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yurtimizda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilayotgan umummilliy birdamlik festivali Surxondaryo viloyatida yuksak saviyada o‘tkazilmoqda.

Angor tumanida bo‘lib o‘tgan tadbirda ham turli sohalar vakillari ishtirok etdi. Unda istiqlol sharofati bilan yurtimiz yildan yilga chiroy ochib, ko‘p millatli xalqimizning tinch, obod va farovon turmush kechirishi uchun barcha sharoit yaratilayotgani  qayd etildi. Angor tumanida yuz berayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Tuman madaniyat va istirohat bog‘ida qiziqarli madaniy-ma’rifiy tadbirlar bilan boshlangan festivalda kitobxonlik bellashuvlari, “Zakovat” intellektual o‘yini, turli sport musobaqalari, muassasa va tashkilotlarning an’anaviy osh sayli tashkil etildi.

Tuman madaniyat uyida namoyish etilgan konsert dasturida elimiz suygan san’atkorlar ona Vatan, tinchlik, birdamlik, osuda va obod hayot tarannum etilgan kuy-qo‘shiqlarni ijro etdi. Mustaqillik ulug‘langan she’rlar o‘qildi. Festival doirasida o‘tkazilgan bellashuvlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri