Surxondaryoda Ispaniya echkisi parvarishlanadi
Qiziriq tumanidagi Takiya mahallasida echkichilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi loyiha amalga oshirilmoqda. Ayni paytda hududda echki boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi bunyod etilmoqda.
Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani chorvachilikni keng yo‘lga qo‘yish uchun ham qulay muhitga ega. Hududda to‘yimli ozuqa yetishtirish va chorva mollarini boqish uchun barcha sharoit mavjud. Yangi kompleks ishga tushgach, bu yerda xorijning Mursiana echkisini parvarishlash mo‘ljallanmoqda.
Yangi loyiha tashabbuskorlari viloyatda sut ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun bu yerda 10 ming bosh zotdor echki boqishni yo‘lga qo‘yadi. Yiliga o‘rtacha 4 million dollarlik to‘yimli sut mahsuloti xorijga eksport qilinib, byudjetga 6,5 milliard so‘mlik tushum tushiriladi.
Loyiha to‘liq ishga tushirgach, 100 kishining doimiy bandligi ta’minlanadi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri