Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda ekoaksiya koʻtarinki ruxda oʻtmoqda
12:00 / 2020-09-19

Bugun erta tongdan mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani singari Surxondaryo viloyatida ham Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan “Ekologiya bizdan boshlanadi” shiori ostida ekologik aksiya uyushqoqlik bilan boshlandi.


Bugun erta tongdan mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani singari Surxondaryo viloyatida ham Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan “Ekologiya bizdan boshlanadi” shiori ostida ekologik aksiya uyushqoqlik bilan boshlandi.

Termiz shahridagi “Bolajon” bogʻida atrof-muhitga befarq boʻlmagan koʻngillilar ishtirokida start olgan ekoaksiya munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmuratov, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi B.Oʻrinov soʻnggi yillarda mamlakatimizda atrof-muhit va ekologik barqarorlikni taminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotganini alohida taʼkidladi. 12 yildan buyon 19-sentyabrda oʻtkaziladigan Butunjahon tozalik kuni ham ana shu maqsadga yoʻnaltirilgani qayd etildi.

–Mamlakatimizda bu harakat oʻtgan yili ilk marta oʻtkazildi,–deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi B.Oʻrinov.– Joriy yilda unda ishtirok etuvchilar safi yana-da kengaygani ahamiyatlidir. Zero, ekoaksiya ishtirokchilari viloyat boʻylab koʻcha va xiyobonlar, aholi turar-joylari, mahalla va guzarlarni obodonlashtirmoqda. Biz esa ularni maxsus avtotransport vositalari, zarur anjomlar, qoʻlqop va chiqindi qoplari bilan taʼminladik. Koʻngillilarning aksariyati yigit-qizlar ekani ham yoshlarning atrof-muhit muhofazasiga befarq emasligi hamda ozodalikka eʼtibor kuchayib borayotganini keng namoyon etmoqda.

Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan mazkur tadbir aholining ekologik madaniyatini yana-da oshirish, hududlarni chiqindilardan holi etish va bu borada xalqaro hamjamiyat tajribasini ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

–Bobo-momolarimiz bolalikdan ongimizga ozodalik, poklik bor joyda qut-baraka, fayz boʻladi, degan gʻoyani singdirgan,– deydi Termiz shahridagi 15-umumtaʼlim maktabi yoshlar yetakchisi N.Qurbonova.– Qariyalarimizning purmaʼno bu gaplari saranjom-sarishtalikni milliy shiorimizga aylantirgan. Shuning uchun ham biz, koʻngilli yoshlar ezgu maqsadlarga qaratilgan ushbu tadbirda faol ishtirok etib, shahrimizni yana-da obod va ozoda goʻshaga aylantirishga oʻz hissamizni qoʻshmoqchimiz.

Ekoaksiya viloyatning barcha hududlarida uyushqoqlik bilan koʻtarinki ruxda davom etmoqda.