FOTOREPORTAJ
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi shoshilinch qabul bo‘limlarida birlamchi ko‘mak xonalarini tashkil etishga tayyorgarlik ishlari olib bormoqda.
[gallery-17868]
Davlatimiz rahbarining joriy yil 10 maydagi “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilayotgan mazkur birlamchi ko‘mak xonalari tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlari olib kelinadigan xonalar hisoblanadi. Bu yerga olib kelingan fuqarolarga birinchi navbatda tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi. 3 kun davomida ularga “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlari tomonidan psixolog, huquqshunos va ijtimoiy xodimlar tomonidan tegishli yordam va xizmatlar ko‘rsatiladi. Chuqurlashtirilgan reabilitatsiya dasturini o‘tash lozim bo‘lgan xotin-qizlar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga yo‘naltiriladi.
Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da o‘tkazilgan o‘quv seminarida birlamchi ko‘mak xonalarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA