Surxondaryoda Bahodir Jalolov izdoshlari jang o‘tkazdi
Termiz shahridagi amfiteatrda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” musobaqasida mamlakatimizning yosh va iqtidorli bokschilari o‘z vazn toifalarida jang o‘tkazdi.
Boks oqshomida 14 ta juftlik ringga ko‘tarildi. Markaziy jang 8, qolgan barcha bahslar 4 raunddan iborat bo‘ldi.
Surxondaryolik Muzaffar Rasulov markaziy jangning uchinchi raundida namanganlik Obidjon Mirzarahimovni mag‘lubiyatga uchratdi. Qolgan bahslarda Xudoynazar Fayozov, Sardor Ashirov, Mironshoh Mullasobirjonov, Nurmuhammad Ahmedov, Ramil Shukumerov, Fazliddin Rajabov, Kamronbek Eshmatov, Fazliddin Kattaqulov kabi charm qo‘lqop ustalari g‘olib bo‘lishdi.


G‘oliblarni taqdirlash marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi Umid Yakubov va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

T. Ro‘ziyev,
O‘zA muxbiri