Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 9 ming 460 nafar kuzatuvchi va vakolatli vakilga mandat topshirildi
17:47 / 2021-10-13

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga saylovda kuzatuvchi, vakolatli vakil sifatida qatnashish huquqini beradigan mandatlarni topshirdi.

Milliy qonunchiligimizga muvofiq saylov jarayonlarini ochiq, oshkora va shaffof o‘tishiga bevosita hissa qushadigan siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilari hamda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga saylovda kuzatuvchi, vakolatli vakil sifatida qatnashish uchun mandatlar berish belgilangan.

Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarori bilan saylovda muddatidan oldin ovoz berish 14-20 oktyabr kunlari ertalab soat 9. 00 dan kechqurin 19 00 gacha etib belgilangan. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilari joriy yilning 14 oktyabridan saylov uchastkalarida o‘z faoliyatini boshlaydi.  

Okrug hududida 860 ta saylov uchastkasi ovoz berish uchun taxt qilib qo‘yildi. Siysiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilari hamda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga 9 ming 460 ta mandat topshirdi.

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA