Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 8273 nafar saylovchi ilk bor ovoz bermoqda
18:16 / 2023-07-09

FOTOREPORTAJ

Xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 9-Surxondaryo saylov okrugi hududidagi 861 ta saylov uchastkasida ham qizg‘in davom etmoqda.  

Okrug bo‘yicha saylovchilarning umumiy soni 1 million 415 mingdan ziyodni tashkil etib, ulardan 8 ming 273 nafar yosh ilk bor saylovda ovoz berish imkoniyatidan foydalanmoqda.

[gallery-12691]

Mazkur saylov uchastkasida shahardagi Shodlik mahallasining 2659 nafar fuqarosi ovoz bermoqda. Ularning 29 nafari ilk bor saylovda ishtirok etmoqda. 161 nafar fuqaro muddatidan oldin ovoz bergan.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan kalendar reja asosida viloyatda Prezident sayloviga qizg‘in hozirlik ko‘rildi. Avvalo barcha uchastkalar uchun eng qulay binolar tanlanib, uchastka saylov komissiyalari a’zolari, saylovchilar va kuzatuvchilar uchun zarur sharoit yaratildi. Barcha uchastkalar yuqori tezlikdagi internet aloqasi bilan ta’minlandi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA