Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 82,6 foiz fuqaro ovoz berdi
18:55 / 2023-04-30

O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 9–Surxondaryo okrug komissiyasida markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Unda okrug komissiyasi raisi Abdisalom Xo‘jaqulov referendumda ovoz berish jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.  

–Bugun ertalabdan barcha uchastkalarda ovoz berish uyushqoqlik bilan boshlandi,– dedi A.Xo‘jaqulov. – Soat 8.00 da boshlangan jarayonda soat 18.00 gacha okrug hududidagi 860 ta referendum uchastkasida 1 million 173 ming 256 nafar yoki ro‘yxatga olingan ovoz beruvchilarning 82,5 foizi ovoz berdi. Okrug bo‘yicha 1 million 422 ming 129 nafar ovoz beruvchi ro‘yxatga olingan.  

Barcha uchastkalarda fuqarolarning referendumga munosabat bildirishi uchun barcha sharoit yaratildi. Bunda referendum o‘tkazuvchi uchastkalarning joylashishi va jihozlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Ayni paytda uchastkalarning 685 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, 58 tasi kollej, litsey va texnikumlarda, 13 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida, 19 tasi tibbiyot muassasalari, sanatoriy va dam olish maskanlarida, 7 tasi oliy o‘quv yurtlari binolarida, 25 tasi davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda, 33 tasi adliya, davlat xizmatlari, madaniyat va sport markazlarida, 16 tasi harbiy qism va ozodlikdan mahrum etish muassasalarida, 4 tasi tadbirkorlik sub’ektlari binolarida faoliyat yuritmoqda.  

Muayyan sabablarga ko‘ra uchastkaga kelish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun ovoz berish ularning istagi asosida yashab turgan joyida tashkil etilmoqda. Uchastkalardagi ovoz berish jarayonlarini siyosiy partiyalarning, mahalla fuqarolar yig‘inlarining vakillari bevosita kuzatib bormoqda.  

Viloyat hududidagi referendum uchastkalarida ovoz berish kech soat 20:00 gacha davom etadi.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA