English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 58 ming 700 nafarga yaqin bolajonga “Prezident sovg‘asi” topshirildi
16:58 / 2024-09-04

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi mavjud 966 ta umumta’lim maktabida ham yangi o‘quv yili katta tantana bilan boshlandi.

2024/2025 o‘quv yilida ushbu umumta’lim maktablari 549 mingga yaqin o‘quvchini o‘z bag‘riga oladi. Ulardan 58 ming 700 nafarga yaqin bolajon birinchi sinfga qabul qilindi. Ularga o‘quv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar jamlangan “Prezident sovg‘asi” topshirildi.  

Yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali tadbir Termiz tumanidagi 5-umumta’lim maktabida ham tantanali ruhda o‘tkazildi.

[gallery-19110]

Maktabning fayzli hovlisiga o‘quvchilar, ularning ota-onalari, ustozlar, jamoatchilik vakillari to‘plandi.  

Joriy o‘quv yilida mazkur ta’lim dargohida 92 nafar o‘qituvchi  1 ming 268 nafar o‘quvchiga ilm-fan sirlarini o‘rgatadi. Ularning 130 nafari maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan birinchi sinf o‘quvchilaridir.  

Maktabda mashg‘ulotlar “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi.  

“Mustaqillik darsi”da milliy o‘zlikni anglash, eng bebaho, eng aziz ne’mat – mustaqillik haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berildi. Ana shu ulug‘ ne’matni asrab-avaylash, qadrlash yurtimizda yashovchi har bir fuqaroning burchi ekanligi ko‘rgazmali vositalar, mazmunli ma’ruza, davra suhbati, videolavha va savol-javoblar orqali tushuntirildi.  

– Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, - deydi maktab direktori Shohida Xolliyeva. – Ta’lim maskanimizda yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida o‘quvchilar bilimini boyitishga doimiy e’tibor qaratganmiz.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA