Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 48 ta maktab zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlanmoqda
10:02 / 2023-09-30

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 11 maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ushbu o‘quv yilida maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash belgilangan.

Shunga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan respublika byudjeti hisobidan Surxondaryo viloyatidagi 48 ta umumta’lim maktabiga 816 dona kompyuter jihozlari yetkazildi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan ushbu zamonaviy kompyuterlar o‘z egalariga topshirilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida. Surxondaryoda 958 ta umumta’lim maktabi mavjud bo‘lib, bugungi kunda ularning 885 tasi to‘liq zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan. Qolgan maktablarni ham bosqichma-bosqich ta’minlash ko‘zda tutilgan.

[gallery-13809]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA