Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 36 ming 550 bosh qo‘y va echkilar aholiga tarqatiladi
13:37 / 2022-03-12

«Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorga ko‘ra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi va «Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish» uyushmasi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, birgina Surxondaryo viloyatida 5 ta qorako‘lchilik klasterlari faoliyatiga asos solindi. 

 

Mazkur klasterlar mayda shoxli nasldor mollarni ko‘paytirish, mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, sifatni yaxshilash, teri va junni qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. 

 

Soha bo‘yicha Surxondaryoda amalga oshirilayotgan ishlar xususida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov bilan suhbatlashdik. 

 

– Qarorga ko‘ra, Surxondaryoda ish boshlagan 5 ta qorako‘lchilik klasterlariga 633 ming gektardan ortiq yaylov yer maydonlari ijara shartnomasi asosida ajratib berildi, –dedi B.Sharipov. – Endilikda bosqichma-bosqich belgilangan vazifalar ijrosiga kirishilmoqda. Biz ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi mas’ullari hamda qo‘mita tarkibiga kiruvchi «O‘zbekipaksanoat» va «Yaylov xo‘jaliklarini rivojlantirish» uyushmalari rahbarlari bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni o‘rgandik. 

 

Xizmat safarimiz davomida Termiz tumanidagi "Orol" mahallasida bo‘lib, klaster asosida faoliyat yuritayotgan «Ostona gilamchi» oilaviy korxonasi rahbari Dilafro‘z Vallayevaning ishi bilan yaqindan tanishdik. Dilafro‘z Vallayeva bir necha yillardan buyon oilaviy tadbirkorlik asosida qo‘y junidan turkman taqir gilamlarini tayyorlab mahsulotlarni Turkiya, Angliya va Germaniya kabi davlatlarga eksport qilib kelmoqda. Joriy yil 5 martdagi «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmon bilan jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh ayol-qizlarimiz qatorida Dilafruz Vallayeva ham «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. 

 

Shuningdek, «Ostona gilamchi» oilaviy korxonasi ish faoliyati bilan yaqindan tanishish jarayonida tadbirkorga xom ashyo masalasi muammo bo‘layotgani aniqlandi. Unga qo‘mita tomonidan ikki oylik mahsulot zaxira qilib berildi va kelgusida korxonaga kerak bo‘ladigan xom ashyoni doimiy ravishda yetkazib berishga va’da berdik. 

 

Joriy yilda ham sohada ko‘plab yangiliklar qilish rejamizda bor. Xususan, bu yilning o‘zida respublikamiz bo‘yicha jami 182 million dollardan ortiq bo‘lgan 478 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu orqali jun, sut va go‘sht yo‘nalishidagi 400 mingga yaqin qo‘y va echkilarni import qilish ishlari boshlab yuborildi. 

 

Mazkur loyihalar 19 ta omixta yem ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish, 336 ta loyiha doirasida qariyb 27 mingta xonadonga qo‘y va echkilarni tarqatish ko‘zda tutilgan. 34 million dollar mablag‘ evaziga yana 79 ta loyiha amalga oshiriladi. Bular qo‘ychilik va echkichilikka ixtisoslashgan yirik xo‘jaliklardir. Qariyb b79 million dollardan ortiq mablag‘ jun va go‘shtni qayta ishlashga mo‘ljallangan 44 ta korxona faoliyatini tashkil qilishga yo‘naltirilgan. Natijada 39 ming aholini shu yo‘nalishdagi ishlarga qamrab olishga erishiladi. 

 

Joriy yilda Surxon vohasida yana 16 ta yirik loyiha ishga tushiriladi. Ushbu maqsadlar uchun qiymati 16 million 800 ming dollar sarf qilinadi. Yil davomida 57 ming 500 ta qo‘y va echkilarning import qilish ham maqsad qilingan. Bu yil Surxondaryoda 36 ming 550 bosh qo‘y va echkilar 1600 ga yaqin xonadonlarga navbatma-navbat tarqatilmoqda. Buning natijasida 764 tonna go‘sht va qariyb 100 tonna jun mahsulotlari olishga erishiladi. Shuningdek, yirik xo‘jaliklarda 21 ming bosh qo‘y va echkilar bo‘rdoqilanadi. Natijada bir yil ichida 175 tonna go‘sht yetishtirishga erishiladi va jami go‘sht mahsuloti hajmi 950 tonnaga yetkaziladi. 

Jun mahsulotini olish ko‘rsatgichi ham 140 tonnagacha ortadi. Omixta yem ishlab chiqarish bo‘yicha ham Surxondaryoda 3 ta yirik korxona ish boshlaydi. Bu bilan yil davomida 80 ming tonna yem ishlab chiqarishga erishiladi. Ayni kunlarda viloyatning Qumqo‘rg‘on tumanida qo‘y-qo‘zilarni ko‘paytirish, invistitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida ko‘plab tashabbuslar real voqelikka aylanmoqda.

Shu o‘rinda yana bir ma’lumot: tumandagi «Bobotog‘ suri» qorako‘lchilik va naslchilik xo‘jaligida 2021 yilda qo‘zilatish mavsumi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 

Qo‘shni Afg‘oniston bilan hamkorlik doirasida 2021 yilda Termiz shahrida qiymati 5 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Afgan bazaar carpets” qo‘shma korxonasi tashkil qilindi. Asosan jun gilamlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxonada turli o‘lchamdagi o‘ziga xos dizayndagi gilamlar ishlab chiqarilmoqda. O‘tgan yili korxona tomonidan 600 ming dollarlik mahsulot eksport qilingan. 

Gulnoza Boboyeva suhbatlashdi, O‘zA