Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 31 mingga yaqin kadastr pasporti rasmiylashtirildi
18:07 / 2024-01-08

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi aholiga 10 ga yaqin davlat xizmati ko‘rsatayotir. Murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib, ijrosi ta’minlanmoqda.

Kadastr pasporti —yer uchastkasi yoki ko‘chmas mulk ob’ekti to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni, ob’ektning kadastr raqamini o‘z ichiga olgan elektron hujjat hisoblanadi.

Boshqarma matbuot xizmati rahbari Behruzbek Safarovdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yakunlangan yilda viloyatda 45 ming 495 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlari yer uchastkasi hamda ko‘chmas mulk uchun kadastr pasportini shakllantirishni so‘rab, ariza bilan murojaat etgan. Ularning 1 ming 942 tasi huquqiy xujjatlarning aslini taqdim etmagani sababli Davlat xizmatlari markazlari tomonidan bekor qilingan. 12 ming 402 tasi nizoli xolatlar borligi, ko‘rsatilgan yer maydoni qishloq xo‘jaligi suvli yer maydonida turgani, oldi-sotdi shartnomasida manzili noto‘g‘ri ko‘rsatilgani tufayli rad etilgan. 291 tasining mablag‘ to‘lovi kutilmoqda. 30 ming 654 tasiga kadastr hujjati rasmiylashtirilgan. 

Viloyatda kadastr hujjatini tayyorlash yuzasidan eng ko‘p murojaat Termiz shahri aholisidan kelib tushgan bo‘lsa, eng kam murojaat Bandixon tumaniga to‘g‘ri keldi. Yil davomida termizliklardan 8 ming 103 ta, Bandixon tumanidan 645 ta murojaat qabul qilindi. 

Tumanlar bo‘yicha kadastr hujjatlarini tayyorlash tahlil qilinganida, Angor tumanida 2 ming 549 ta, Boysun tumanida 1 ming 256 ta, Denov tumanida 5 ming 705 ta, Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ming 828 ta, Muzrabot tumanida 1 ming 831 ta murojaat hal etilgan. Oltinsoy tumanida 1 ming 184 ta, Qiziriq tumanida 1 ming 402 ta, Qumqo‘rg‘on tumani 3 ming 85 ta, Sariosiyo tumanida 3 ming 815 ta, Sherobod tumanida 2 ming 425 ta, Sho‘rchi tumanida 3 ming 921 ta, Termiz tumani 4 ming 425 va Uzun tumanida 2 ming 321 ta yer uchastkasi hamda ko‘chmas mulk uchun kadastr pasporti tayyorlab berilgan. 

Mamlakatimizda kadastr pasportini berish Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 535-qarori bilan tasdiqlangan ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri