Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 2030 yilgacha qo‘shimcha 100 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rni yaratiladi
16:40 / 2023-07-06

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatidagi ishonchli vakili Abduhakim Eshmurodov Termiz shahridagi saylovchilar bilan uchrashuvda ana shu haqida malum qildi.

Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishonchli vakil nomzod dasturidan o‘rin olgan kelgusi yetti yilda ta’limni rivojlantirishga oid rejalar to‘g‘risida atroflicha fikr yuritdi.  

– Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj 100 foiz qoplanadi, – dedi ishonchli vakil A.Eshmurodov. – Buning uchun 2 mingta yangi davlat va xususiy bog‘chalar tashkil etiladi. Zamonaviy maktablar barpo etish, ularning quvvatini oshirish, xususiy sektorga sharoit yaratish evaziga 2030 yilga qadar qo‘shimcha 100 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Shuningdek, viloyatdagi barcha maktablar zamonaviy kompyuter sinflari va interaktiv doskalar bilan jihozlanadi.  

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Yoshlar parlamenti a’zolari, turli soha vakillari, partiyaning faol yoshlari ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqanlar nomzodning dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taminlashga qaratilgani to‘g‘risida alohida so‘z yuritdi. So‘nggi yillarda Termiz shahrida yuz bergan o‘zgarish va yangilanishlar xususida fikr almashdi. Barchani qadimiy va hamisha navqiron Termiz shahrining obodonligi, iqtisodiy rivoji va aholining tinch, to‘kin hayoti uchun jon kuydirayotgan O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA