Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 2 ming 700 nafardan ortiq pedagog kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etdi
18:11 / 2025-08-22

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 12 fevralda qabul qilingan «Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab pedagog kadrlar bosqichma-bosqich kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashmoqda.

Shu yilning 19-21 avgust kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan sinovlarda onlayn ariza topshirgan 2 ming 771 nafar pedagog o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

[gallery-24912]

Talabgorlar mutaxassislik fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun 40 ta,  pedagogik mahoratini aniqlash uchun esa 10 ta, jami 50 ta test topshirdi.

56 va undan yuqori ball to‘plaganlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va ularning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA