French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 15 ta “Jasorat maktabi” faoliyat boshladi
15:02 / 2025-09-27

FOTOREPORTAJ

Surxondaryoda “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining tantanali “Va’da berish” marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizda yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning qalbida vatanparvarlik, mardlik va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida jami 15 ta “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

[gallery-25495]

Ushbu maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning tantanali “Va’da berish” marosimi tashkil etildi. Termiz shahrida o‘tkazilgan asosiy tadbirda Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Qiziriq, Termiz tumanlari hamda Termiz shahridagi “Jasorat maktablari” o‘quvchilari ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerak, joriy yilning iyul oyida viloyatdagi “Jasorat sinflari”ga 5-sinf o‘quvchilari ikki bosqichli tanlov – test sinovlari va jismoniy tayyorgarlik asosida saralab olingan. Tanlov yakunida jami 390 nafar o‘quvchi ushbu maktablarga qabul qilindi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA