FOTOREPORTAJ
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, joriy yilning birinchi yarmida hudud bo‘ylab jami 124,23 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.
Yerdan foydalanish ustidan nazorat tadbirlari davomida 1 ming 513 ta qonunbuzilish holatiga duch kelingan. Ushbu holatlar bo‘yicha huquqbuzarlarga 1 513 ta yozma ko‘rsatma yuborilgan, shundan 986 tasi ijobiy hal etilgan va 77,32 gektar yer maydonidagi qonunbuzarlik bartaraf qilingan.
[gallery-24403]
Anjumanda ta’kidlanganidek, viloyatda 2 million 9 ming 911 gektar yer maydoni mavjud, ammo shundan faqat 238,5 ming gektari, ya’ni 11 foizi sug‘oriladigan ekin maydonlaridan iborat. Bu esa yer resurslariga mas’uliyat bilan yondashish, ulardan qonun doirasida foydalanish zaruratini ko‘rsatadi. Mana shunday sharoitda yerni o‘zboshimchalik bilan egallash, tavakkalchilik asosida qurilish ishlarini amalga oshirish – mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatlardir.
Tadbirda, shuningdek, yerlardan maqsadsiz foydalanish, ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni auksion orqali sotish, bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish, murojaatlar bilan ishlash kabi yo‘nalishlardagi fakt va dadillarga e’tibor qaratildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA