Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda “103” tez tibbiy yordam xizmatiga munosib sovg‘a tuhfa qilindi
13:51 / 2021-01-02

Bugun, 2 yanvar kuni Surxondaryo viloyatidagi 14 ta tuman tez tibbiy yordam bo‘limlari va tez tibbiy yordam ko‘rsatish shoxobchalariga 20 ta “Damas” rusumidagi maxsus mashina topshirildi.

Avtotransport vositalarini tantanali topshirish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga o‘tgan yilgi samarali xizmatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirib, yangi yilda ham aholi salomatligi yo‘lidagi ezgu ishlariga omad tiladi. 

Shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yo‘lida amalga topshirilayotgan ishlar yangi yilda ham davom ettirilishi aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishiga katta ishonch bildirdi.

Joriy yilda viloyatda 230 qatnovga mo‘ljallangan 645 o‘rinli o‘nta davolash profilaktika muassasalarida 86 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajariladi. Shuningdek, aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash uchun qiymati 58 milliard so‘mlik 16 ta xususiy tibbiyot klinikalari tashkil etilib, 175 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.  

Tumanlar tez tibbiy yordam bo‘limlarining chekka va olis hududlardagi shoxobchalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ish jarayonida tezkorlikni ta’minlash uchun yana 20 ta maxsus tez tibbiy yordam avtomashinasi ajratiladi.

"Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"ning ilk kunlarida tez tibbiy yordam tizimiga munosib sovg‘a bo‘lgan maxsus avtomashinalarning tantanali topshirilishi bilan 20 ta yangi ish o‘rni barpo etildi. Ayni paytda viloyat tibbiyot sohasida 212 ta tez tibbiy yordam avtomashinasi bemorlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA