Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda 1 ming 938 fermer xo‘jaligi qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tdi
10:58 / 2019-10-03

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Prezidentimizning 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.


Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Prezidentimizning 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda tadbirkorlik sub’ektlari, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi hisobchilari, davlat soliq xizmati organlaridan ularga biriktirilgan xodimlar, importyor korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Umarov mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, adolatli raqobat tamoyillarini joriy etish, soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish amaliyotini tartibga solish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotganini alohida ta’kidladi. Xususan, o‘tgan yili vohada 274 qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyat yuritgan bo‘lsa, ayni paytda ularning soni 4 ming 317 taga yetib, joriy yilning o‘tgan davrida budjetga 545,5 milliard so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i yo‘naltirildi.

Mazkur farmonda 2019 yil 1 oktabrdan boshlab, sug‘oriladigan yer maydoni 50 gektardan oshgan fermer xo‘jaliklari, shu yilning 9 oyi yakuni bilan tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan fermer xo‘jaliklari hamda 2019 yil paxta hosili yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklari 1 oktabrdan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishi shuningdek, shu davrda yer maydoni 50 gektarga yetmagan yoki paxta xom ashyosi yetishtirmayotgan fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy ravishda ham qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishi belgilab qo‘yilgan. Shunga muvofiq 1 oktabrdan viloyatda 1 ming 938 fermer xo‘jaligi qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tdi. Ularning buxgalteriya hisobotlarini to‘g‘ri yuritishlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun har 10 tasiga bir nafardan davlat soliq idoralarining malakali xodimlari biriktirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi fermerlarning buxgalteriya hisobotlarini yuritayotgan “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi“ xodimlariga ta’minotchi korxonalar tomonidan beriladigan hujjatlarning o‘z vaqtida olinishiga tegishli yordam ko‘rsatish maqsadida davlat soliq idoralarining ikki nafardan malakali xodimlar biriktirib qo‘yildi.

Seminarda soha yangiliklariga oid o‘quv qo‘llanmalari tarqatildi. Mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.