French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryo viloyatining demografik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi
15:34 / 2023-03-13

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi statistik ma’lumotlardan foydalanib Surxondaryo viloyatining demografik ko‘rsatkichlarini tahlil qildi.

2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, viloyatda yashovchi doimiy aholi soni 2806,7 ming nafarni tashkil qilib, o‘tgan 2022 yilga nisbatan 2,3 foizga ko‘paygan. Aholining 36,2 foizi shaharlarda, 63,8 foizi qishloqlarda istiqomat qilib kelmoqda. Viloyat aholisining 50,6 foizi erkaklar, 49,4 foizi ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.  

Aholining 56,1 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar, 34,7 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichik, 9,3 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalardir.  

Hududlar kesimida doimiy yashaydigan aholi soni solishtirilganda ko‘pligi jihatidan Denov (409,5 ming nafar), Qumqo‘rg‘on (249,2 ming nafar) va Jarqo‘rg‘on (232,2 ming nafar) tumanlari uchtalikni egallab turibdi.  

Viloyatda 2022 yil yakuniga ko‘ra, tug‘ilganlar soni 81,6 ming nafar bo‘lib, shundan 51,6 foizi o‘g‘il bolalar, 48,4 foizi qiz bolalarni tashkil etgan. Shu bilan birga, vafot etganlar 13,8 ming nafar bo‘lib, 49,6 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari, 16,2 foizi nafas olish a’zolari kasalligi, 4,3 foizi o‘simta, 4,1 foizi baxtsiz hodisa va boshqa turli sabablar bilan vafot etgan.  

Bundan tashqari tahlillarda ko‘rinadiki, viloyatda nikoh qurgan oilalar – 26,8 ming, nikohdan ajrimlar – 2,8 ming, ko‘chib kelganlar – 9,6 ming, ko‘chib ketganlar – 13,8 ming nafarni tashkil etgan.  

Tahlil qilinayotgan davrda viloyatdagi o‘rtacha hisoblangan oylik ish haqi 2946,1 ming so‘m (122% o‘sish)ni tashkil qilgan. Tarmoqlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining yuqori ko‘rsatkichi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatlari (8451,1 ming so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.  

 

O‘zA