English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryo viloyatida 41 ming 811 nafar yigit-qiz buyuk kelajak uchun ovoz beradi
09:36 / 2023-04-30

Surxondaryo viloyatida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi qonun bo‘yicha referendum bayramona ruhda davom etmoqda. Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbirni yuksak saviyada ochiq, oshkora o‘tkazish uchun viloyatda puxta hozirlik ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasi hududida 860 ta saylov uchastkasi tashkil etilib, ovoz beruvchilarga barcha sharoit yaratildi. Milliy qonunchiligimiz doirasida jihozlandi. Referendumni umume’tirof etilgan tamoyillar asosida o‘tkazish uchun siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilariga tegishli mandatlar berildi. 

Viloyatda 1 million 422 mingdan ortiq ovoz beruvchi ruyxatga olingan. Ularning 37 ming 106 nafari muddatidan oldin o‘z xoxish-irodasini erkin ifoda etdi. Viloyatda 41 ming 811 nafar yigit-qiz o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalnib, ilk marta ovoz beradi.
Termiz shahridagi 260-referendum uchastkasi muhtasham Yoshlar markazi binosida joylashgan. Uchastkada 2 ming 589 fuqaro ovoz beradi. Erta tongdan ular uchastkaga kelib, o‘z xoxish-irodasini emin-erkin ifoda etmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham birinchilardan bo‘lib mazkur saylov uchastkasida mamlakatimiz taraqqiyoti, tinch, osuda hayot va buyuk kelajak uchun ovoz berdi.

Referendumda ovoz berish kech soat 20.00 gacha davom etadi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,
O‘zA muxbiri