Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
11:26 / 2025-04-15

Angor tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlar uchun tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Qosim Mardonov mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Ёшларga oid davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilib, ularning manfaatini himoya qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb etib, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligini ta’minlash, o‘qib, izlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar kabi muhim masalalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarni har taraflama ijtimoiy himoya qilish, ularning g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, o‘rtaga tashlayotgan muammolarini hal etish, bandligini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xususida fikr almashildi.

Tadbir yakunida “Yoshlar daftari”da turgan 18 nafar yigit-qizning bandligini ta’minlab, daromadga ega bo‘lishi uchun tikuv mashinasi, motokultivator, payvandlash hamda sartaroshlik asbob-uskunalari topshirildi.

***

Oltinsoy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mahallalar faollari va yoshlar ishtirok etgan tadbirda xalqimizga xos millatlararo totuvlik, hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik fazilatlarining osuda va obod hayotimizni ta’minlashdagi ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Ҳозирги globallashuv jarayonlarida mamlakatimizda yosh avlodni diniy ekstremizm va yoshlar o‘rtasida radikallashuv kabi yot g‘oyalardan asrashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Сепаратизм hamda mutaassiblik g‘oyalari va ularning ta’siriga tushib qolganlarni sog‘lom hayotga qaytarish yuzasidan fikr almashildi. Bunday salbiy illatlarning oldini olish yurtimiz taraqqiyoti va tinch, to‘kin hayotimizni ta’minlashda muhim omil bo‘lishi qayd etildi. 

Tadbir yakunida “Tinchlik qadri” nomli video rolik namoyish etildi. 

***

Sho‘rchi tumanida milliy liboslar, milliy urf-odat va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu tadbirlarda ajdodlardan meros qolgan milliy libos, xalq o‘yinlari va noyob milliy qo‘shiqchilik san’atimiz asriy an’analarni keng tarannum etayotgan muhim vosita sifati bo‘y ko‘rsatmoqda.

Tumandagi Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida “Milliy qadriyatlar va ularning milliy ma’naviyatimizdagi o‘rni” shiori ostida tashkil etilgan osh saylida ham ana shunday yuksak fazilatlarimiz ulug‘landi.

Saylda milliy oshxonamizning eng tansiq taomlaridan biri osh tayyorlash siru sinoatlari namoyish etildi. Xalqimizning mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik kabi xislatlarini namoyon etadigan milliy taomimizning turlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Tadbir doirasida milliy urf-odat va liboslar ham namoyish etildi. 

Bayramona ruhda o‘tgan sayl yakunida eng yaxshi osh tayyorlagan jamoalar tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri