Oripov Anvar Homitovich Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
A. Oripov 1985 yil Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007 yil O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. 2007-2010 yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko Akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi bo‘lgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
Anvar Oripov Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bosh mutaxassisi, Surxondaryo viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i, “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i, Vazirlar Mahkamasida sho‘’ba yetakchi mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2018 yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavoizimida faoliyat yuritayotgan edi.
Ismoilov Farhodjon Vahobovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
F. Ismoilov 1970 yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik instituti tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis, huquqshunos.
Mehnat faoliyati davomida Farg‘ona shahar sudi sud ijrochisi va prokuratura organlarida turli lavozimlarda ishlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Farhod Ismoilov Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,
O‘zA muxbiri