English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryo viloyati hokimiyatida yangi tayinlov amalga oshirildi
17:33 / 2021-05-25

Bugun Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida Tairov Farrux Salomovich ish boshladi.

Farrux Tairov 1980 yil Denov tumanida tug‘ilgan. 2002 yil O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasini bakalavr, 2004 yil magistr yo‘nalishlari bo‘yicha tugatgan. Mutaxassisligi – huquqshunos. Harbiy unvoni – polkovnik.

F. Tairov mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasida mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan. Uzun va Sariosiyo tumanlari ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

U 2019 yildan shu kungacha Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV (O‘zA)