Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryo viloyat IIBda “Namunali oilalar” saralandi
14:53 / 2025-04-16

Surxondaryo viloyat ichki ishlar organlari xodimlari oilalari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovning quyi bosqichlaridan saralab olingan ichki ishlar organlarida kamida besh yil ish stajiga ega, oila qurganiga 8 yil to‘lgan, harakatdagi intizomiy jazosi mavjud bo‘lmagan xodimlar va oila a’zolari o‘zaro bellashdi. Ular tanlov shartlarini bajarish chog‘ida belgilangan mezonlar asosida o‘z iste’dod va qobiliyatlarini keng namoyish etdi.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan tadbir yakunida Angor tumani IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori, kapitan Furqat Quvvatov oilasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Termiz shahar IIB birinchi IIB navbatchilik qismi katta inspektor – navbatchisi, katta leytenant Farhod Do‘lanov oilasiga ikkinchi, Sherobod tumani IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi ijtimoiy profilaktika katta inspektori, mayor Elmurod Normurodov oilasiga uchinchi o‘rin nasib etdi.

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va oila a’zolarining iste’dodini yuzaga chiqarish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, osuda hayotimiz posbonlari va ularning oilalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tanlov g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri