Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryo viloyat davlat arxivida 200 mingga yaqin hujjat saqlanmoqda
17:57 / 2023-06-09

9 iyun – Xalqaro arxivlar kuni

Bugungi kunda barcha sohalar qatori, arxiv hujjatlarini to‘plash, saqlash va ulardan tegishlicha foydalanishning o‘ziga xos qulayliklarini yaratish, soha xodimlari ish faoliyatini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Surxondaryo viloyat davlat arxivida hozirgi kunda 200 mingga yaqin hujjat mavjud bo‘lib, shundan 176 ming 712 tasi doimiy saqlanuvchi boshqaruv hujjatlari, 178 tasi shaxsiy tarkib, 508 tasi shaxsiy kelib chiqishga doir, 3207 tasi suratli hujjatlarni tashkil etadi.  

[gallery-12277]

Davlat arxividan 1917 yildan buyon saqlanayotgan hujjatlarni ham topish mumkin. 2022 yilda esa arxivga 5 ming 338 ta hujjat qabul qilindi.  

Sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan hujjatlarga ilmiy-texnikaviy ishlov berish ishlari doimiy ravishda olib borilib, joriy yilda yana 220 mingga yaqin hujjat ana shunday jarayondan o‘tishi rejalashtirilgan. Ayni paytda, navbatma-navbat eski hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish ishlari olib borilmoqda.   

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA