Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryo jozibador hududga aylanadi
16:54 / 2026-03-02

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Prezidentimizning yoshlar bilan muloqotida ilgari surilgan taklif-tashabbuslarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Qayd etilganidek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy imkoniyatlar kengaytirilmoqda. Qo‘shimcha mablag‘lar, katta miqdordagi imtiyozli kreditlar va startaplar uchun investitsiya kiritishga ruxsat berilishi — yoshlarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam. Bu orqali minglab yoshlar o‘z biznes g‘oyasini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

O‘zLiDeP ham yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsiya va tadbirkorlik orqali yangi ish o‘rinlari yaratishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishi deb biladi.

Shuningdek, yig‘ilishda davlatimiz rahbari raisligida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar haqida ham so‘z yuritildi.  

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda sanoat, ta’lim, uy-joy va ichimlik suvi, investitsiyalarni ko‘paytirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi daromadini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi. Joriy yil investitsiyalarni 3 milliard dollarga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish, kambag‘allik va ishsizlikni keskin qisqartirish bo‘yicha aniq maqsadlar qo‘yildi. Ayrim tumanlarni kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish tashabbusi yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish va hududiy rivojlanishda yangi bosqichni boshlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.  

Deputatlar konlarni o‘zlashtirish, ko‘mir qazib olishni kengaytirish va yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligida innovatsion tomorqa maktablari va quyosh issiqxonalarini joriy etish, shuningdek, transport-logistika va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim ekanini qayd etdi. Bu chora-tadbirlar Surxondaryoni iqtisodiy salohiyati yuqori, investitsiyaviy jozibador va aholisi farovon hududga aylantirishga xizmat qiladi.

Muhtarama Komilova,  

Nosir Haydarov (surat), O‘zA