Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryo: eksport ulushi 64 foizdan oshdi
12:20 / 2026-02-27

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi tomonidan statistik ma’lumotlardan foydalanib Surxondaryo viloyatining 2025-yil yanvar-dekabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi tahlil qilindi.

Viloyatning tashqi savdo aylanmasi 790,9 mln. dollarni (respublikadagi ulushi 1 foiz) tashkil qilib, 2024-yilga nisbatan 86,2 foiz ga oshgan. Tashqi savdoda eksportning ulushi 64,2 foiz, import 35,8 foizni tashkil qilgan.

Surxondaryo viloyati jahonning 76 mamlakati bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha Afg‘oniston (30,2 foiz), BAA (26,3 foiz), Pokiston (11 foiz), Rossiya (9 foiz), Xitoy (8 foiz), Qozog‘iston (3,9 foiz), Turkiya (2,1 foiz) yuqori ulushga ega hamkor davlatlar hisoblanadi.

Tashqi savdo aylanmasining 15,2 foizi MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2025-yil yakunida viloyatning eksport hajmi 507,5 mln. dollarni (respublikadagi ulushi 1,5 foiz) tashkil qilib, o‘tgan davrga nisbatan 86,2 foizga o‘sgan.

Eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi – 44,7 foiz, turli xil tayyor buyumlar 20,3 foiz, sanoat tovarlari – 8,4 foiz, xizmatlar – 2,5 foiz, nooziq-ovqat xomashyo (yoqilg‘idan tashqari) – 2,2 foizni tashkil qilgan.

BAA (39,6 foiz), Afg‘oniston (26,1 foiz), Pokiston (12,7 foiz), Rossiya (12,2 foiz), Qozog‘iston (1,9 foiz) va Turkiya (1,3 foiz) tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar bo‘lgan.

Meva-sabzavotlar (jami eksportning 40,8 foiz) va to‘qimachilik mahsulotlari (7,4 foiz) umumiy eksportning qariyb yarmini tashkil qilgan.

2025-yil yakunida import hajmi 283,4 mln. dollarni tashkil qilib, o‘tgan davrga nisbatan 86,2 foizga o‘sgan.

Import tarkibida yuqori ulushni mashina va transport asbob – uskunalari (30,7 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (18,5 foiz), sanoat tovarlari (5,5 foiz) va kimyoviy vositalar (4,5 foiz) tashkil qilgan.

O‘tgan davrda Surxondaryo viloyati jahonning 51 ta davlatlari bilan tovarlar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Afg‘oniston (37,6 foiz), Xitoy (20,6 foiz), Pokiston (8,1 foiz), Qozog‘iston (7,6 foiz), Turkiya (3,4 foiz), Rossiya (3,3 foiz), Belgiya (2,7 foiz), Germaniya (2,5 foiz), Hindiston (2,4 foiz) va BAA (2,4 foiz) tovarlar va xizmatlar importi bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar bo‘lgan va jami importning 75 foizi ushbu davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mohigul Qosimova tayyorladi, O‘zA