Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxonda bahor nafasi
09:10 / 2026-02-28

FOTOREPORTAJ

Yurtimizning janubiy hududi — Surxondaryo viloyatida ham bahor alomatlari yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Quyosh nurlari iliqlik bag‘ishlab, tog‘ bag‘irlaridagi qorlar asta-sekin eriyotgan ayyomda tabiat uyg‘onish pallasini boshdan kechirmoqda.

Voha hududida bodom va o‘rik daraxtlari gullab, atrof-muhitga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlamoqda. Yashil maysalar yer bag‘ridan bosh ko‘tarib, yangi mavsum boshlanganidan darak bermoqda. Ob-havoning barqarorlashuvi dehqonlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni kunlarda dalalarda bahorgi agrotexnik tadbirlarga tayyorgarlik ishlari jadal kechmoqda.

Bahor fasli insonlar kayfiyatida ham aks etgan. Aholi quyoshli kunlardan bahra olib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etayotir.

[gallery-27906]

Tabiatdagi ushbu o‘zgarishlar vohada yangi mavsumga tayyorgarlik va yangilanish jarayonlari izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA