Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxon zamini bayram og‘ushida
08:40 / 2025-08-29

FOTOREPORTAJ

Yurtimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi Curxon elida ham mustaqilligimizning 34 yilligi keng nishonlanmoqda. Vohaning har bir manzili tantana og‘ushida. “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun!” g‘oyasi ostida o‘tayotgan tadbirlar yurtdoshlarimizga cheksiz quvonch ulashmoqda.

Uzun tumani “Turon” o‘yingohida ham tuman aholisi va mehmonlar ishtirokida bayram tantanasi o‘tkazildi.

Tadbirda ishlab chiqarish ilg‘orlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda Tojikiston delegatsiyasi ishtirok etdi.  

Dastavval tuman hokimi Habibulla Bozorov mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan ulkan natijalar, xususan, tuman ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdi. Barchani bayram bilan qutladi. San’atkorlar, badiiy guruhlar chiqishlari davraga yanada joziba, ishtirokchilar qalbiga a’lo kayfiyat bag‘ishladi.

[gallery-25026]  

Tumanning sokin oqshomini yorqin ranglarda munavvar etgan mushakbozlik barchaga, shu jumladan, bolajonlarga quvonch va hayrat bag‘ishladi.  

Viloyatda bayram tadbirlari davom etmoqda.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA