Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxon vohasi maktablarida ham o‘quv yili tantanali boshlandi
16:51 / 2022-09-05

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi mavjud 945 ta umumta’lim maktabida ham yangi o‘quv yili katta tantana bilan boshlandi.

Yangi 2022/2023 o‘quv yilida ushbu umumta’lim maktablari 535 ming  o‘quvchini o‘z bag‘riga oladi. Ulardan 64 ming 539 nafari birinchi sinfga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar jamlangan Prezident sovg‘asi topshirildi.  

Mashg‘ulotlar “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostidagi “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi.

–Umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan “Mustaqillik darslari”ga sektorlar rahbarlari, mas’ul idora, korxona mas’ullari jalb etildi, - deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva. – Ular tomonidan o‘quvchilarga so‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar mazmun-mohiyati, ta’limdagi islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va boshqa qator ko‘rsatkichlar va erishilayotgan yutuqlar interaktiv usullarda yetkazib berildi.

[gallery-8656]

“Mustaqillik darslari”da milliy o‘zlikni anglash, eng bebaho, eng aziz ne’mat – mustaqillik haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berildi. Ana shu ulug‘ ne’matni asrab-avaylash, qadrlash yurtimizda yashovchi har bir fuqaroning burchi ekani ko‘rgazmali vositalar, mazmunli ma’ruza, davra suhbati, videolavha va savol-javoblar orqali tushuntirildi.  

–Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, - deydi Termiz shahridagi 14-umumta’lim maktabi direktori Mavluda Xolova. – Ayni paytda maktabimizda 780 nafardan ziyod o‘quvchi tahsil olmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida o‘quvchilar bilimini boyitish doimiy e’tiborimizda.

 


Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA