Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Surxon” nazorat oʻyinida “Bunyodkor”dan yengildi
15:19 / 2019-02-02

Yangi futbol mavsumiga superliga jamoalari bilan bir qatorda Pro-liga vakillari ham qizgʻin tayyorgarlik koʻrishmoqda


Yangi futbol mavsumiga superliga jamoalari bilan bir qatorda Pro-liga vakillari ham qizgʻin tayyorgarlik koʻrishmoqda. Oʻtgan mavsum yakunlariga koʻra Pro-ligada 4-pogʻonani egallagan Termizning “Surxon” jamoasi ham bu jarayondan chetda qolmayapti.

Ayni paytda Toshkentda oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini oʻtkazayotgan termizliklar bugun “Bunyodkor” akademiyasi maydonida Vadim Abramov shogirdlariga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli oʻtgan oʻyinda poytaxt jamoasi 3-2 hisobida gʻalabaga erishdi.

ALM_9662-2208x1472.JPG

Uzoq yillar davomida Qarshining “Nasaf” jamoasi sharafini himoya qilgan va oʻtgan mavsum yakunlangach “ajdarlar” safini tark etgan mohir himoyachi Maqsud Karimov bugungi oʻyinda “Bunyodkor” jamoasi tarkibida maydonga tushdi. Shuningdek, “qaldirgʻochlar” ustozi Vadim Abramov jamoaga tajribali futbolchilar Shavkat Salomov hamda Aziz Ibragimovni chorlayotgani haqida maʼlumotlar bor.

Yangi mavsumda oʻz oldiga yanada yuksak maqsadlarni qoʻyayotgan “Surxon” klubi tarkibni kuchaytirishga ham jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Ilhom Moʻminjonov Termizga “Navbahor”da birga ishlagan shogirdlaridan Ilhom Boydedayev, Dilshod Jabborov, Aʼzam Aliyev, Ayubxon Noʻmonov, oʻtgan mavsumda “Buxoro” jamoasi sharafini himoya qilgan darvozabon Asilbek Omonov va boshqa bir qator mahoratli futbolchilarni qoʻshib oldi. Bundan xulosa qiladigan boʻlsak, “Surxon” jamoasi joriy mavsumda superligani koʻzlamoqda yoki ular toʻgʻridan-toʻgʻri futbolimiz elitasiga qoʻshiladimi? Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

ALM_9673-2208x1472.JPG

ALM_9677-2208x1472.JPG

ALM_9683-2208x1472.JPG

ALM_9686-2208x1472.JPG