French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxon eli katta tantana og‘ushida
14:59 / 2024-08-30

FOTOREPORTAJ

Yurtimizning har bir go‘shasida bo‘lgani kabi Curxon elida ham mustaqilligimizning 33 yilligi keng nishonlanmoqda. Butun shahar tantana og‘ushida. “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tayotgan tadbirlar yurtdoshlarimizga cheksiz quvonch ulashmoqda.  

Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasining “Alpomish” amfiteatrida viloyat ahli va mehmonlar ishtirokida o‘tkazilgan asosiy tantana barchaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Tadbirda ishlab chiqarish ilg‘orlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, Tojikiston delegatsiyasi ishtirok etdi.  

Tantana avvalida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘z olib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan ulkan natijalar, xususan, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar haqida gapirdi. Barchani bayram bilan qutladi.

[gallery-19027]

San’atkorlar, badiiy guruhlar chiqishlari davraga yanada joziba, ishtirokchilar qalbiga a’lo kayfiyat bag‘ishladi.  

Termiz shahrining sokin oqshomini yorqin ranglarda munavvar etgan mushakbozlik barchada, jumladan, bolajonlar qalbida quvonch va hayratni oshirdi.  

Viloyatda bayram tadbirlari davom etmoqda.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA