Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Surxon” davlat qo‘riqxonasidan fotoreportaj
11:01 / 2024-01-29

Surxondaryo viloyatidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasiing olis Vandob bo‘limi oppoq qor bilan qoplandi.

Qo‘riqxonaning Vandob bo‘limida turli dov-daraxtlar, “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob jonivorlar va qushlar bor. Rang-barang gullar, ifori dimoqqa xush yoqadigan shifobaxsh giyohlar bahri-dilingizni ochadi.

[gallery-15676]

- Qo‘riqxona hududiga qalinligi 10 santimetrni tashkil etgan qor yog‘di, - deydi qo‘riqxona direktori Rustam Turdiyev. - Bunday qorli kunlarda o‘txo‘r hayvonlarning ozuqa topishi qiyinlashadi. Hayvonot dunyosini asrab-avaylash maqsadida biz qo‘riqxonaning barcha bo‘limlarida “Hayvonlarni sovuqdan asraylik” shiori ostida biotexnik tadbirlarni amalga oshirayapmiz.  

 

O‘zA fotomuxbiri

Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar.