Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxon bahori
16:00 / 2024-04-13

FOTOETYUD

O‘lkamizda bahor. Quyoshning zarrin nurlari zamin taftini qizdirmoqda. Ko‘klamning huzurbaxsh nafasi dillarga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, butun borliqni tiriklik kuyi bilan allalaydi. Qahraton uyqusidan uyg‘ongan dov-daraxtlar kurtak yorar, oftobning mehrli nurlariga talpinayotir. Olam esa – yam-yashil, nurafshon! 

Ayni shu chog‘da inson ko‘ngli ezguliklar bilan chulg‘anib, tabiat fusunkorligini madh etgisi, uning sehriga mahliyo bo‘lgisi keladi. 

Tog‘lar uzra ko‘kka bo‘ylagan Surxonning har bahori ana shunday go‘zal va betakror!

[gallery-16904]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA