Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suriyaning “Baas” partiyasi o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi
17:42 / 2024-12-13

Suriyaning “Baas” partiyasi mamlakatda hokimiyat muxolif guruhlar tomonidan egallab olinganidan bir necha kun o‘tib, o‘z faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatayotganini e’lon qildi.

– Partiya barcha shakllaridagi faoliyatini to‘xtatib turishga qaror qildi, -deyiladi “Baas” e’lon qilgan bayonotda.

“Sputnik” nashrining yozishicha, mazkur partiya Suriya davlatida 60 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan.

Qolaversa, “Baas” 1969 yildan beri Asadlar oilasining har tomonlama mafkuraviy qo‘llab-quvvatlovchisi bo‘lib kelgan. 

Musulmon Ziyo, O‘zA