Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suriyani Arab davlatlari ligasiga qaytarish masalasi muhokama etilmoqda
11:36 / 2023-05-01

Suriya, Misr, Iroq, Saudiya Arabistoni va Iordaniya tashqi ishlar vazirlari dushanba kuni Ammonda uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuvda Suriyani Arab davlatlari ligasiga qaytarish masalasi muhokama etiladi, deb xabar tarqatdi Iordaniya tashqi ishlar vazirligi.

“Mazkur uchrashuv 14 aprel kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Fors kurfazi mamlakatlari hamda Iordaniya, Iroq va Misr ishtirokidagi maslahat uchrashuvining davomi bo‘ladi”, – deya ta’kidlanadi xabarda.

Saudiya Arabistoni aprel oyida Jidda shahrida Fors kurfazi mamlakatlari hamda Misr, Iordaniya va Iroq tashqi ishlar vazirlari ishtirokida maslahatlashuv uchrashuvini o‘tkazgan edi. Unda Suriya rasmiy hukumati bilan munosabatlarni tiklash hamda uni Arab davlatlari ligasiga qaytarish masalasi muhokama qilingan. Suriya mazkur tashkilot a’zoligidan 2011 yilda chiqarib yuborilgan.

Uchrashuv ishtirokchilari Suriya inqirozini bartaraf qilishda Arab davlatlari rolini oshirishga kelishib olgan.

Ayrim tahlilchilari Suriyaning Arab davlatlari ligasiga qaytishi 19 mayda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Arab davlatlari sammitiga qadar yoki sammitning o‘zida yuz berishi mumkin, deyishmoqda.