Bugun 21 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida 1987 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan, JKning 155-2-moddasi 1-qismi, 155-2-moddasi 2-qismi, 244-1-moddasi 3-qismi «g» bandi va 244-2-moddasi 1-qismi bilan ayblanayotgan fuqaroga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Sud materiallariga ko‘ra, fuqaro 2016 yil 6 sentyabr kuni yaqin do‘stining taklifi bilan «Toshkent-Istanbul» yo‘nalishidagi aviareys orqali Turkiya Respublikasi Istanbul shahriga borgan. So‘ng 2017 yil sentyabr oyida Istanbuldan Suriya Arab Respublikasiga o‘tib, «Xay’at Taxrir Shom» XTT(Xalqaro terroristik tashkiloti) tarkibiga qo‘shilgan. U yerda dekabr oyiga qadar terrorchilarni tayyorlash lagerida jangavor tayyorgarlikdan o‘tgan.
2018 yil sentyabr oyida esa XTT (Xalqaro terroristik tashkilot) safini kengaytirish uchun Turkiya Respublikasiga qaytgan va 2022 yil dekabr oyiga qadar bir guruh shaxslarni yollab, ularni Suriya Arab Respublikasiga jo‘natib yuborishni tashkillashtirgan.
Sudlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning bir necha moddalari bilan uzil-kesil 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/p9UK9acJS3k?si=C3fbz_I5fPQxXW-q" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, O‘zA