Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suriyada yonilg‘i tankeri portladi, qurbonlar bor
21:15 / 2025-07-03

Suriyaning markaziy Xama viloyatida kuchli portlash tufayli kamida yetti kishi halok bo‘ldi, bir necha odam jarohatlandi, deya xabar bermoqda "Irna news".

Mahalliy Al-Ixboriya telekanali politsiya qo‘mondonligidagi manbaga tayanib, portlash Damashq shimolida, Halobdan janubi-g‘arbda joylashgan qishloqda sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Rasmiylar ta’kidlashicha, qurbonlar soni ortishi mumkin. Voqea tafsiloti o‘rganilmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA