Suriyada yangi valyuta joriy qilindi
Suriya Markaziy banki raisi Abdulqodir Al-Hasriya mamlakatda yangi valyuta muomalaga chiqarilganini e’lon qildi.
U yangi valyuta muhim milliy voqea ekanligini qayd etib, o‘lkada iqtisodiy va pul-kredit davrining yangi bosqichi boshlanayotganini ta’kidlagan.
– Suriya yangi valyutasi moliyaviy mustaqilligimizni ramziy ma’noda ifodalaydi, -dedi Al-Hasriya.
Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘tish davrida ham eski, ham yangi banknotalar muomalada bo‘ladi. Sotuvchilar ikkalasini ham vaqtincha qabul qilishlari kerak bo‘ladi.
G.Sattorova, O‘zA