Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suriyada yangi sulh imzolandi
12:19 / 2026-01-19

Hukumat va Suriya demokratik kuchlari (SDF) o‘rtasida erishilgan yangi kelishuvga ko‘ra, mamlakat shimoli-sharqidagi uch viloyat - Hasaka, Dayr-Az-Zor va Raqqa davlat muassasalari nazoratiga o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Prezident Ahmad Ash-Shara’ Raqqadagi to‘qnashuvda ishtirok etgan qurolli qabilalarni xotirjamlikni saqlash va kelishuv qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.

Yetakchining SDF qo‘mondoni Mazlum Abdi bilan uchrashuvi yomon ob-havo sharoiti tufayli 19 yanvarga ko‘chirilgan. Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Ash-Shara’ning ertaga Germaniyaga rejalashtirilgan safari ham joriy vaziyat tufayli qoldirilgan.

Kelishuv hujjatining asosiy bandlari turli jabhada, aloqa nuqtalarida zudlik bilan va keng qamrovli sulh amal qilishi,  barcha neft konlari hukumat ixtiyoriga o‘tishi, zarur xavfsizlik ruxsatnomasidan so‘ng SDF jangchilarining hammasi Mudofaa vazirligi tizimiga qo‘shilishi, Al-Hasaka gubernatorini tayinlash to‘g‘risida Prezident farmoni chiqarilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, Turkiya bilan chegaradagi Ayn Al-Arab (Kobani) shahridan og‘ir qurollar olib chiqiladi va Ichki ishlar vazirligiga bo‘ysunadigan mahalliy xavfsizlik kuchlari tuziladi. Bundan tashqari hujjatga hukumat lavozimlariga SDF nomzodlari ro‘yxatini tasdiqlash, tashkilotning Kurd ishchi partiyasi jangchilarini Suriyadan olib chiqish hamda Suriya davlatining ISHIDga qarshi kurashish majburiyati ham kiritilgan.

S.Rahimov, O‘zA