English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suriyada vabo kasalligi bilan bog‘liq tasdiqlangan holat 750 dan oshdi
13:25 / 2022-10-12

"Laboratoriya ekspress-test bilan tasdiqlangan vabo kasalligi 757 kishida qayd etildi. O‘lim bilan bog‘liq holatlar soni 41 kishini tashkil etdi. Ularning 34 tasi Aleppo viloyatidan", - deyiladi Suriya sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan xabarda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, vabo tarqalayotgan yirik hududlar  Aleppo, Deyr-ez-Zor va El-Xasake, shuningdek, Rakka va  Latakiya viloyatlari bo‘lib qolmoqda. Poytaxt Damashqda ham sakkizta holat qayd etilgan, bemorlardan biri hayotdan ko‘z yumgan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, vafot etgan bemorlarning ko‘pchiligi shifokorlarga kech murojaat qilgan yoki surunkali kasalligi bo‘lgan.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Aleppo viloyatida tekshiruvlar jarayonida vabo tayoqchalari oqova suvlarda va muz ishlab chiqaradigan zavod mahsulotlarida aniqlangan. Shundan keyin ushbu zavod zudlik bilan yopilgan. Xabarda aytilishicha, vabo tarqalishiga Yefrat daryosidan olinayotgan suv sabab bo‘lishi mumkin.