Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suriyada Turk askarlari halok bo‘ldi
12:56 / 2020-02-03

Bundan avvalroq, Turkiya prezidenti agar Idlibda vaziyat barqarorlashmasa, Anqara chetda qarab turmaydi va barcha zarur choralarni ko‘radi, hatto harbiy kuchlarni ham ishga soladi, deb bayonot bergan edi.


Suriyaning Idlib viloyatida Turkiya askarlari bilan Suriyaning hukumat armiyasi o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvda to‘rt nafar turkiyalik askar halok bo‘lgan, to‘qqiz askar jarohat olgan. NTV telekanali Turkiya mudofaa vazirligi bergan ma’lumotga tayanib ushbu xabarni tarqatdi.

Turkiya harbiy idorasi tarqatgan xabarda aytilishicha, mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarga Suriya shimoli-g‘arbida qurolli to‘qnashuvlarning oldini olish uchun joylashtirilgan Turkiya qo‘shinlarining koordinatlari oldindan ma’lum qilingan. Shunga qaramay, ushbu tuman zambaraklardan o‘qqa tutilgan.

Bundan avvalroq, Turkiya prezidenti agar Idlibda vaziyat barqarorlashmasa, Anqara chetda qarab turmaydi va barcha zarur choralarni ko‘radi, hatto harbiy kuchlarni ham ishga soladi, deb bayonot bergan edi.

2017 yilda Nursulton shahrida Rossiya, Eran va Turkiya Suriyada to‘rtta hududni urush harakatlari olib borilmaydigan hudud deb e’lon qilishga shartlashib olgan edi.

Ularning uchtasi 2018 yilda Damashq nazoratiga o‘tdi. To‘rtinchi hudud hisoblangan Idlib viloyati va Latakiya, Xama i Aleppo viloyatlarining bir qismi hozircha hukumat qo‘shinlari tomonidan egallanmagan.